Raqib futbolchilari Husanovdan qochib qutila olmadi!

Sport2 daqiqa o'qish11.7K
Raqib futbolchilari Husanovdan qochib qutila olmadi!
Buyuk Britaniya futbol jamoatchiligi Angliyaning amaldagi chempioni – “Manchester Siti”ning qishki transferlarini muhokama qilishda davom etmoqda.

Xususan, klubning rasmiy sayti – mancity.com “Matchday Live” loyihasi orqali mashhur ekspertlar Sem Ellardays va Endi Morrisonning “Nyukasl” bilan boʻlgan gʻalabali uchrashuvdagi Abduqodir Husanov, Umar Marmush va Niko Gonsalesning jamoa oʻyini va natijalariga qanday ta'sir oʻtkazayotgani haqidagi tahlillari natijalarini tarqatdi.

Sem Ellardays Umar Marmush haqida:
- Yanvar oyida kelgan futbolchining darrov jamoaga kirishib ketishi va bitta uchrashuvga bu darajada ta'sir oʻtkazganiga hozirgacha kimdir guvoh boʻlgan, deb oʻylamayman.

Men murabbiylik qilgan davrda jamoamga kelgan aksariyat oʻyinchilar Premyer-liga tempiga, jismoniy talablarga moslashib olishga bor kuchlari bilan harakat qilardi, biroq ular bosh murabbiyga oʻz sifatlarini namoyish qilishlari uchun kamida keyingi mavsumgacha vaqt zarur boʻlardi.

Shuning uchun ham bu ishlarni tez bajarish, katta iste'dodini darrov koʻrsata olish va har qanday qiyinchiliklarni yengib oʻtish – juda katta gap. Umar Marmush jamoaga kelgan chogʻidayoq Erling Xoland bilan mustahkam aloqa oʻrnata oldi.

“Nyukasl” darvozasiga 33 daqiqada urilgan uchta gol, bu yigitning kelajagi uchun ham juda foydali boʻladi.

Endi Morrison Abduqodir Husanov haqida:
- “Nyukasl” bilan boʻlgan bahsda Jon Stounz bilan himoya markazidan joy olgan va yuqori sport formasida boʻlgan raqib hujumchisi Aleksander Isaakning harakatlarini toʻliq nazorat qilgan Abduqodir Husanov hammani hayratga soldi.

Raqib futbolchilari undan qochib qutila olmadi.

Biz Sem Ellardays bilan birga oʻzbek futbolchisining katta tezlikda 40 yard masofadan ortga qaytgani va Isaakka yetib olib unga oʻyin bermaganini koʻrib, bir-birimizga qarab, hayratdan yoqa ushlab qoldik.

Abduqodir katta jamoaga va Isaak singari jahonning eng zoʻr hujumchilaridan biriga qarshi juda ishonchli oʻynab, oʻzining yuqori darajasiga qaytayotganini koʻrsatdi.

Husanovning keyin uchrashuvlardagi oʻyini debyut oʻyinining startidagi omadsiz vaziyatlarga fantastik javob boʻldi. Aksariyat hollarda bunaqa debyut oʻyinchilarning oʻziga boʻlgan ishonchini sindirib qoʻyadi.

Husanovning faoliyatida bir “portlash” boʻldi, lekin u bu qiyinchiliklarni yengib oʻta oldi. Abduqodir uchun xursandmiz.

Sem Ellerdays Niko Gonsales haqida:
- Niko Gonsales maydon markazidan joy oldi va butun yarim himoyani yuqori darajada boshqardi. Uning oʻyinga qoʻshayotgan hissasi, oʻyinni oʻqiy olish qobiliyati, toʻpni egallab olishi juda yorqin chiqdi va hammaning e'tiborini qozondi.

Ishoning, Premyer-ligaga kelishi bilan yuqori darajada oʻynab kelish har kimning ham qoʻlidan keladigan ish emas.

Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” qishki transferlar qaytida toʻrtta transfer uchun 200 million yevrodan ortiq pul sarfladi. Xususan, “shaharliklar” yanvarda “Lans”dan Abduqodir Husanovni 40 million, “Portu”dan Niko Gonsalesni 60 million, “Aytraxt”dan Umar Marmushni 75 million, “Palmeyras”dan Vitor Reysni 37 million yevroga transfer qildi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?