10:03 / 18.02.2025
40 301

Vinisius endi Abduqodir Husanovdan qochib ketolmaydi!

Vinisius endi Abduqodir Husanovdan qochib ketolmaydi!
Angliyadagi yagona futbolchimiz – Abduqodir Husanov sekin-asta “Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga yorib kirmoqda.

Hozircha, yangi jamoasi safida uch marotaba maydonga tushgan boʻlsa, “Chelsi”ga qarshi oʻtkazilgan uchrashuvning dastlabki besh daqiqasini inobatga olmaganda, Abduqodir juda yaxshi harakat qilmoqda. Buni Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” futbolchilari, ekspertlar ham ta'kidlamoqda.

“Leyton Oriyent”ga gol urgan, “Nyukasl”ning Aleksander Isaak boshchiligidagi hujumchilariga oʻyin bermagan uchrashuvlardan keyin Husanov “shaharlik” fanatlarning ishonchini va mehrini qozondi.

Oldinda “Manchester Siti”ni nihoyatda murakkab toʻqnashuv – “Real”ga qarshi bahs kutib turibdi. Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining birinchi uchrashuvida manchesterliklar oʻz maydonida musobaqaning amaldagi gʻolibiga 2:3 hisobida yutqazib qoʻygan.

Endi “Siti” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Xosep Gvardioladan Abduqodir Husanovni Madridda boʻladigan bellashuvda maydonga tushirishini soʻrayapti.

FeLo KE:
Husanov haqiqiy jangovar mentalitetga ega ekan. 45-raqamli futbolchimiz hali Angliya Premer-ligasining eng zoʻr himoyachisiga aylanadi.

Winfred Don Aki:
Agar “Nyukasl”ga qarshi Abduqodir Husanov, Niko Gonsales va Umar Marmush emas, Manuel Akanji, Bernardu Silva va Kevin de Bryuyne oʻynaganida aniq yutqazib qoʻyardik.

Joseph Aka Cement:
Husanov juda yaxshi himoyachi ekan.

Star Miracle:
Husanov Madriddagi oʻyinni ilk daqiqalardan boshlashi kerak.

Imeldah Trinah Fabiola:
Husanovni yaxshi koʻrib qoldik va hurmatimizni qozondi. Uchrashuvlarda juda yaxshi oʻynayapti. Xosep Gvardiola “Real”ga qarshi bahsda ham unga imkon berishiga umid qilamiz.

Itx Mephias:
Futbolchilarimiz ana endi fanatlar kutgan oʻyinni namoyish qila boshladi. Husanov himoyaviy oʻyinda juda mukammal harakat qildi. Uning salohiyati ulkan ekan. Abduqodir oʻziga ishongan va xotirjam oʻyinchi.

Fish King:
Menga Jon Stounz va Abduqodir Husanovning birgalikdagi oʻyini juda yoqdi.

Dzzum Dzxum:
Husanov va Stounz super himoyachilar.

Francis Mackson Mwale:
Husanov raqib yulduzi Aleksander Isaakni oʻyindan chiqarib tashladi.

Køñ Trøllã:
Husanov haqiqatan juda yaxshi oʻynayapti.

Raa Saga:
Husanov “Real”ga qarshi boʻladigan toʻqnashuvda dastlabki 11 ta futbolchi qatoridan joy olishi kerak. Abduqodirdan bizga sovrinlarni qaytarib olib berishni kutyapmiz.

Nazri D Anwar:
Pep qaysarlik qilmasdan, Husanovni asosiy tarkibda oʻynataver.

Charal Jesus:
Husanov yomon tezkor ekan...

Joao Felix:
Mana shu tarkibdagilar Madridda ham oʻynashi kerak.

Baeti Molefi:
Husanov oʻyin davomida Lyuisning kamchiliklarini juda koʻp marotaba toʻgʻriladi. Tezkor oʻyinchi sifatida yorqin oʻynadi.

Meluleki MJ Dubé:
Abduqodirni qudratli “Real”ga qarshi oʻyinda kutamiz.

Mulumbi Chisanga Bhienwell:
“Nyukasl”ga qarshi zoʻr oʻynadik. Navbat “Real”ga. 45-raqamni aniq boshlangʻich tarkibda tushirish kerak. Shunda yutishimiz mumkin.

Smosh Jackson:
Abduqodir Husanov tezkor va ishonchli himoyachi ekan.

Gracer:
Husanovning bu oʻyinidan keyin Manuel Akanji tarkibdagi joyini butkul yoʻqotdi.

Zoble times:
Husanov Madridda ham oʻynasin!

Obaro Utho:
Agar Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi birinchi uchrashuvda oʻynaganida Vinisius Junior undan qochib ketolmasdi. Mayli hech qisi yoʻq. Navbatdagi uchrashuvda Husanov maydonga tushadi, biz gʻalaba qozonamiz va keyingi bosqichga chiqamiz.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport