
Foto: Goal
“Real” Ispaniya chempionatidan tark etib, boshqa ligaga qoʻshilishi mumkin. Bunga sabab sifatida "hakamlarning ta'qibi" koʻrsatilmoqda, deb yozadi Daryo Sport.es nashriga tayanib.
Manbaga koʻra, La Liga rahbari Xaver Tebas va “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres oʻrtasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan. Madrid klubi boshqa liga izlash variantini koʻrib chiqmoqda. Ular Bundesligada, A Seriyada yoki Liga 1 da oʻynash imkoniyatini oʻrganmoqda.
Hozirda “Real” Ispaniya chempionatida 51 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qoʻl ostida 24 turda shuncha ochko jamgʻara oldi. “Barselona” ham xuddi shuncha ochko toʻplagan, ammo qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha oldinda bormoqda.
“Real” navbatdagi uchrashuvda UYeFA Chempionlar Ligasi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuv 3:2 hisobida Madrid klubi foydasiga hal boʻlgandi.
Avvalroq “Osasuna” bilan oʻyinda haqoratli soʻz ishlatgani vaji bilan maydondan chetlatilgan “Real Madrid” futbolchisi Jud Bellingem hakamlik haqida fikr bildirib, bunday holatlar Ispaniyadagi hakamlik sifatiga shubha bilan qarashga undashini aytgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar