
“Real” rahbariyati jamoani 2021 yildan beri boshqarib kelayotgan Karlo Anchelotti oʻrnini egallashi mumkin boʻlgan yangi nomzod topdi.
Italiyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan boʻlsa-da, jamoa joriy mavsumdan keyin boshqa murabbiyga topshirilishi mumkin.
Aslida madridliklar bosh murabbiylikka “Bayer”da muvaffaqiyatli ishlayotgan Xabi Alonsoni olib kelmoqchi edi. Lekin “Bayer” bosh direktori Fernando Karro ispaniyalik murabbiy bilan kelasi mavsumda ham ishni davom ettirish istagini aytganidan keyin “Qirollik klubi” boshqa yoʻl tutishiga toʻgʻri kelmoqda.
Daily Mail nashrining yozishicha, “Real” ayni paytda “Bornmut”ni boshqarayotgan Andoni Iraolani bosh murabbiy qilib tayinlashni rejalashtirmoqda.
Madridliklarga 42 yoshli murabbiy qoʻllayotgan hujumkor oʻyin uslubi juda ma'qul kelgani aytilmoqda. Qolaversa, Xabi Alonso va Andoni Iraolaning manfaatlarini bir agentlik himoya qilayotgani ham "Real" e'tiboridan chetda qolmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar