20:03 / 19.02.2025
7 972

Yozda Erling Xolandni sotib oladigan superklub chiqdi

Yozda Erling Xolandni sotib oladigan superklub chiqdi
Manchester Siti” yaqinda asosiy toʻpurari Erling Xoland bilan amaldagi shartnomani toʻqqiz yarim yilga uzaytirdi. “Shaharliklar” bu yoʻl orqali norvegiyalik futbolchini klubga bogʻlab olmoqchi.

Shunga qaramay, Xolandga da'vogarlik qilayotganlar qoʻl qovushtirib oʻtirgani yoʻq. “Real” 24 yoshli hujumchini yozda oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.

Gap shundaki, madridliklar braziliyalik Vinisius Juniorni qoʻldan chiqarishi mumkin. Saudiya Arabistoni klublari unga katta maosh, “Real”ga moʻmay daromad taklif qilyapti. Vinisius hamkorlik shartnomasini yangilash uchun madridliklardan katta maosh talab qilmoqda. Biroq “Qirollik klubi” oʻyinchilar maoshi oʻrtasidagi tafovutni katta boʻlishiga yoʻl qoʻymoqchi emas.

Xullas, agar Vinisius sotib yuboriladigan boʻlsa, uning oʻrniga Xoland olib kelinadi. Florentino Peresda ancha avvaldan Kilian Mbappe va Erling Xoland hujum juftligini tashkil qilish rejasi bor.

Demak, vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport