Mbappe Chempionlar Ligasida Messining natijasini takrorladi

Mbappe Chempionlar Ligasida Messining natijasini takrorladi
Kilian Mbappe ajoyib sport formasida. Chorshanba kuni fransiyalik hujumchi "Real" safida "Manchester City"ga qarshi uy o‘yinida xet-trik qayd etdi. Endilikda Mbappening Chempionlar Ligasi doirasida "shaharliklar" darvozasiga urgan gollari soni yettiga yetdi.

Squawka ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari faqat bitta futbolchi Chempionlar Ligasida "Manchester City" darvozasiga shuncha gol urgan – bu Lionel Messi. Argentinalik futbolchi ham ushbu musobaqada "shaharliklar" darvozasini yetti bor ishg‘ol qilgan.

Qiziq tomoni shundaki, Mbappe "Manchester City" darvozasiga Chempionlar Ligasida uch xil jamoa safida gol urgan – "Monako", "PSJ" va "Real Madrid".

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar