
UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi javob uchrashuvida Real Madrid o‘z maydonida Manchester Sitini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Umumiy hisob 6:3 bilan yakunlandi. Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazilgan uchrashuvda Kilian Mbappe 4, 33 va 61-daqiqalarda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Mehmonlarning yagona goliga Niko Gonsales 90+2-daqiqada mualliflik qildi.
Statistikaga ko‘ra, Manchester Siti to‘pga egalik qilishda ustunlik qildi (52%), biroq Real Madrid darvozaga ko‘proq zarba yo‘lladi (15 ta). Madridliklar 494 ta aniq pas amalga oshirgan bo‘lsa, mehmonlar bu borada 528 ta pas bilan oldinda bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar