
“Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichida ikkita uchrashuvda ham “Real”ga boy berib, musobaqadan chiqib ketdi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu muvaffaqiyatsizlikdan keyin kelajagi haqidagi qaltis savollarga ham javob berishiga toʻgʻri kelmoqda.
- Mening davrim tugadimi? Qaysidir ma'noda shunday. Hech narsa abadiy emas. Biz etti yil ichida olti marotaba Angliya chempionatida gʻolib chiqdik, har yili Chempionlar ligasining chorak final, yarim final va finallarida oʻynab kelamiz.
Hali ishlash uchun kuchimiz etarli darajada. Meni toʻxtash niyatim yoʻq.
Voqelikni boricha qabul qilish kerak. Haqiqat shuki, “Real” hozir bizdan kuchli. Bariga javob shu. Oʻtgan mavsum biz juda zoʻr oʻynagandik, bu yil unday emas. Men har doim kim munosib boʻlsa, oʻsha yutishi kerak, deb hisoblaganman.
Ba'zan jamoalar ishonchni oqlamagan holda, keyingi bosqichga oʻtadi. Bunga tan berish kerak xolos, - dedi Xosep Gvardiola. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar