20:58 / 20.02.2025
21 067

Abduqodir Husanov "Real"ga qarshi oʻyinda oʻzini ko‘rsata oldimi?

Abduqodir Husanov "Real"ga qarshi oʻyinda oʻzini ko‘rsata oldimi?
"Paxtakor" klubining sobiq futbolchisi va sport direktori Jafar Irismetov "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning "Real Madrid"ga qarshi oʻyindagi (1:3) harakatlari haqida fikr bildirdi, deb xabar berdi Sports.kz sayti Metaratings.ruga tayanib.

"Husanov munosib oʻyin koʻrsatdi. U katta xatolarga yoʻl qoʻydi, deb aytmayman, shunchaki 'Manchester Siti' umuman oʻyin pasayishini boshdan kechirmoqda. Mbappening gollarida u xalaqit berishi mumkinmidi? Ha, albatta, lekin hech bir golda uning toʻgʻridan-toʻgʻri aybi yoʻq. U oʻz darajasida oʻynadi va asta-sekin asosiy tarkibdan joy olib boradi. Unga berilgan yuqori baho ham bejiz emas. Jamoaviy himoya yomon oʻynadi, lekin Husanov oʻz darajasida harakat qildi", — dedi Irismetov.

"Real"ga qarshi oʻyin Husanov uchun "Manchester Siti" safidagi toʻrtinchi uchrashuv boʻldi. 20 yoshli futbolchi ushbu toʻrtta oʻyinda bir gol urishga muvaffaq boʻlgan.

"Manchester Siti" ikki oʻyin natijasiga koʻra "Real"ga 6:3 (2:3, 1:3) hisobida yutqazib, Chempionlar Ligasi joriy mavsumini tark etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport