08:51 / 21.02.2025
23 474

Gvardiola Xoland “Real”ga qarshi oʻynamagani sababini aytdi

Gvardiola Xoland “Real”ga qarshi oʻynamagani sababini aytdi
Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida “Manchester Siti”ning asosiy toʻpurari Erling Xoland “Real”ga qarshi maydonga tushmadi.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvadiola norvegiyalik hujumchining qiyin bahsda jamoasiga yordam bermagani sabablarini keltirib oʻtdi.

- Oʻyindan oldin Erling mashq qilishga urinib koʻrdi. Xoland “Nyukasl” bilan boʻlgan bellashuvda shikastlangan edi.

Tibbiy koʻrik jarayonida olingan tekshiruv suratlari xavfli narsa yoʻqligini koʻrsatdi. Lekin Erling yurganda va zinalardan tushib-chiqqanida oyogʻida ogʻriq his qildi. Bellashuvdan oldin u yonimga kelib, oʻzini yomon his qilayotgani va “Real”ga qarshi bahsga tayyor emasligini aytdi, - dedi Xosep Gvardiola.

Eslatib oʻtamiz, Erling Xoland Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasida “Nyukasl”ga qarshi bellashuvning 88-daqiqasida tizzasidan jarohat olgani bois, zaxiraga olingan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport