14:35 / 21.02.2025
3 449

Chempionlar ligasida qaysi klub gʻolib chiqadi? (superkompyuter javobi)

Chempionlar ligasida qaysi klub gʻolib chiqadi? (superkompyuter javobi)
Opta statistika markazi superkompyuteri Evropa Chempionlar ligasida 1/8 finalning barcha ishtrokchilari aniqlangach, qaysi jamoalarning bosh sovrinni qoʻlga kiritish uchun imkoniyati yuqori ekanini hisoblab chiqdi.

Sun'iy idrok hisob-kitobiga koʻra, qit'aning eng nufuzli musobaqasida gʻalaba qozonish imkoniyati “Liverpul”da yuqori ekan. Bu borada kuchli uchlikni “Arsenal” va “Barselona” egalladi.

Manchester Siti” jamoasini musobaqadan chiqarib yuborgan “Real” beshinchi oʻrinda qayd etilgan.

Umumiy koʻrsatkichlar quyidagicha koʻrinish oldi:
- “Liverpul” — 20,2%;
- “Arsenal” — 16,8%;
- “Barselona” — 12,7%;
- “Inter” — 12,4%;
- “Real” Madrid — 10,5%;
- PSJ — 8,8%;
- “Bayer” — 4,6%;
- “Bavariya” — 4,2%;
- “Atletiko” Madrid — 3,8%;
- “Aston Villa” — 1,2%.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport