
Saudiya Arabistoni futboli mutasaddilari mamlakatda futbolga katta investitsiya kiritish maqsadida Vinisius Juniorni olib kelishni yozgi transferlar oynasidagi asosiy vazifa sifatida belgiladi.
Defensa Central nashrining ma'lum qilishicha, shayxlar 24 yoshli braziliyalik yulduz uchun “Real”ga 350 million yevro miqdorida badal puli toʻlashni rejalashtirgan.
Futbolchining oʻziga besh yillik shartnoma va umumiy hisobda bir milliard yevro maosh taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, Vinisiusning oʻyin darajasiga qarab, unga turli bonuslar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Agar madridliklar bu taklifni qabul qilsa, Vinisiusning transferi jahon futbolidagi eng qimmat savdo boʻladi. Ayni paytda rekord Neymarga tegishli. PSJ 2017 yili bu futbolchi uchun “Barselona”ga 222 million yevro toʻlagan.
Vinisiusning “Real” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Madridliklar hamkorlikni yana uch yilga uzaytirishni rejalashtiryapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar