
Angliya Premer-ligasi doirasida Manchester City safarda Tottenham Hotspur ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni Erling Holand 12-daqiqada kiritdi. Ushbu natija "shaharliklar"ga turnir jadvalida muhim ochkolarni qo‘lga kiritishga yordam berdi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Manchester City darvozaboni Ederson tanlandi, u 8.4 ball bilan baholandi va bir nechta muhim seyvlar bilan jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Asosiy statistika:
To‘p nazorati: Tottenham – 55%, Manchester City – 45%
Zarba: Tottenham – 11, Manchester City – 12
Aniq zarbalar: Tottenham – 6, Manchester City – 5
Burchak zarbalari: Tottenham – 8, Manchester City – 3
Foullar: Tottenham – 12, Manchester City – 15
Sariq kartochkalar: Tottenham – 3, Manchester City – 0 “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar