
La Liga doirasidagi muhim o‘yinda "Real Betis" o‘z uyida "Real Madrid"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Benito Vilyamarin stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning dastlabki golini "Real Madrid" futbolchisi Brahim Dias 10-daqiqada kiritdi. Biroq mezbonlar 34-daqiqada Jhonni Kardoso hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Iskoning avtogoli (54') "Betis"ga g‘alabani taqdim etdi.
Statistik ma’lumotlar:
"Real Betis" 18 ta zarba yo‘lladi, "Real Madrid" esa 8 ta.
Mezbonlar 41% to‘p nazorati qilgan bo‘lsa, "Real Madrid" 59% bilan ustunlik qildi.
"Real Betis" 371 ta aniq pas, "Real Madrid" esa 524 ta pas oshirdi.
Ushbu natijadan so‘ng "Real Madrid" 54 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi, "Real Betis" esa 38 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. Turnir jadvalida "Barselona" 54 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar