
Kecha "Betis"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Yomon o‘yin. O‘yinni yaxshi boshlagandik, keyin esa bu tempni saqlab qola olmadik. Raqib ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘ydik, ular esa haqli g‘alabaga erishishdi. Bu qattiq zarba, biz bu holatga reaksiya ko‘rsatishimiz kerak. Mavsumning bu qismida mag‘lub bo‘lish og‘ir, chunki hamma jamoalar harakat qilishmoqda. Birinchi bo‘limda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz. Bugun ham "Betis"ning birinchi goli ularni o‘yinga qaytardi", - deydi Karlo Anchelotti.
Ma’lumot uchun, ayni paytda La Liga jadvalini 56 ochko bilan "Atletiko" boshqarmoqda. "Real" va "Barsa"da 54 tadan ochko bor, ammo kataloniyaliklarda bitta zahira o‘yini bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar