O‘zbek telekanallari Abduqodir Husanov ishtirokidagi Angliya kubogini namoyish etadi

O‘zbek telekanallari Abduqodir Husanov ishtirokidagi Angliya kubogini namoyish etadi
Futbol, Sport va Zo‘r TV telekanallari Angliya kubogining teletranslyatsiya huquqini sotib oldi.

Bilasiz, Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan "Manchester Siti" klubi ayni vaqtda mazkur turnirdagi yurishini davom ettirmoqda.

"Shaharliklar" ushbu turnirning chorak finalida "Bornmut" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv 29 aprel sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Agar Gvardiola shogirdlari ushbu turnirning finaliga qadar yetib borsa, biz hamyurtimiz Abduqodir Husanov ishtirokidagi bir necha o‘yinlarni televizor orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar