
Transfermarkt portali ekspertlari Ispaniya La Ligasidagi futbolchilarning yangi transfer baholarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, avval eng qimmat futbolchi hisoblangan Kilian Mbappe bu safar kuchli uchlikka ham kira olmadi.
Yangi reytingga ko‘ra, La Liganing eng qimmatbaho futbolchisi sifatida “Real Madrid”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior e’tirof etildi. Uning bahosi 200 million yevro deb belgilandi.
Kuchli uchlikka, shuningdek, “Barselona”ning yosh iqtidorli o‘yinchisi Lamin Yamal hamda “Real” yarimhimoyachisi Jud Bellingem kirdi. Ular 180 million yevro baholandi.
Ta’kidlash joiz, Kilian Mbappe “Real Madrid” tarkibiga kelib qo‘shilganidan so‘ng, uning bahosi 170 million yevroga tushgan va to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
La Liganing eng qimmat futbolchilari (2024)
1️⃣ Vinisius Junior ("Real Madrid") – €200 mln
2️⃣ Lamin Yamal ("Barselona") – €180 mln
3️⃣ Jud Bellingem ("Real Madrid") – €180 mln
4️⃣ Kilian Mbappe ("Real Madrid") – €170 mln
5️⃣ Federiko Valverde ("Real Madrid") – €130 mln
6️⃣ Pedri ("Barselona") – €120 mln
7️⃣ Rodrigo Goes ("Real Madrid") – €100 mln
8️⃣ Xulian Alvares ("Atletiko Madrid") – €90 mln
9️⃣ Orelen Tchuameni ("Real Madrid") – €80 mln
🔟 Rafinya ("Barselona") – €80 mln
Ushbu o‘zgarishlar yangi mavsumda transfer bozorida katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar