
Yaxshiboyev Eronning "Nassoji Mazandaran" klubi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma "0.5+1" formatida tuzildi, ya’ni Yaxshiboyev joriy mavsum oxirigacha (yarim yil) va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan klubda faoliyat yuritadi.
Bu transfer amalga oshishida o‘zbekistonlik futbol agenti Farrux Sayfulla ishtirok etdi.
Jasur Yaxshiboyev o‘tgan mavsum Qozog‘istonning "Ordabasi" klubi safida o‘tkazgan edi. U mavsumda 17ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi. Yaxshiboyev eng chiroyli golni QPL 21-tur doirasida "Astana" darvozasiga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar