01:03 / 30.03.2025
541

PSJ Sent-Etyenni 6:1 hisobida mag‘lub etdi

PSJ Sent-Etyenni 6:1 hisobida mag‘lub etdi
Fransiya Liga 1 27-turi doirasida “PSJ” mehmon bo‘lib “Sent-Etyen” ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 9-daqiqasida “Sent-Etyen” hujumchisi Lyuka Stassen hisobni ochdi va mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq bu ustunlik uzoqqa cho‘zilmadi.

PSJ tomonidan kiritilgan gollar:
• Gonçalo Ramos (43’ pen)
• Khvicha Kvaratskhelia (50')
• Désiré Doué (53’, 66')
• João Neves (62')
• Ibrahima Mbaye (90')

PSJ 71 ochko bilan turnir jadvalining birinchi pog‘onasida. Sent-Etyen esa 20 ochko bilan 17-o‘rinda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport