
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda "Real Madrid" safiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 40 yoshli forvardning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. Uning Saudiya klubi bilan hamkorligini uzaytirishi kutilmoqda, biroq Ronaldu yangi formatda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishni xohlamoqda. Mazkur turnirda "An-Nasr" ishtirok etolmaydi, ammo Krishtianu sobiq klubi "Real" bilan ushbu musobaqada qatnashish imkoniyatiga ega.
FIFA mazkur chempionat ishtirokchilari uchun maxsus transfer oynasini tashkil qilgan. U 1-10 iyun kunlari davom etadi. Shundan kelib chiqib, Ronaldu aynan shu muddat davomida "Real" bilan bir musobaqa uchun shartnoma imzolashi mumkin.
Avvalroq, jahon chempionatida qatnashadigan "Inter Mayami" va Saudiyaning "Al-Hilol" klublari ham Ronalduni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Hozirgi mavsumda Ronaldu klub va terma jamoada 40 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Ushbu bellashuvlarda 34 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning yuqori darajadagi sport formasi va tajribasi turli top-klublarning e’tiborini tortib turibdi.
Bu borada rasmiy qarorlar iyun oyida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda. Ronalduning "Real" safiga qaytishi uning futbolchilik karyerasida yana bir tarixiy sahifa ochishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar