
Joriy yil 1 apreldan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi kunda 3 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz ringga ko‘tarilishi belgilangan edi.
Hozirgina -60 kg vazn toifasida Madiyar Daniyarov va Italiya vakili Mishel Baldassi jangi yakunlandi. Hamyurtimizning ustunligida o‘tgan bahs natijada ham o‘z isbotini topdi. To‘liq davom etgan to‘qnashuvda Daniyarov ochkolar evaziga g‘alaba qozondi - 4:1.
Ma’lumot uchun, oldinda bizni Asilbek Jalilov va Nurzat Ongarov (Qozog‘iston) qarama-qarshiligi kutmoqda. Ushbu jang 2 aprel taxminan, soat 03:30 da (O‘zbekiston vaqti bilan) start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar