Aguero Ronalduni tan oldi, lekin kuchlilar orasiga qo‘shmadi

Sport1 daqiqa o'qish9.1K
Aguero Ronalduni tan oldi, lekin kuchlilar orasiga qo‘shmadi
“Manchester City” afsonasi Serxio Aguero portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida tan olsa-da, uni o‘zining eng kuchli to‘rt futbolchi ro‘yxatiga kiritmagan, deb The Telegraph xabar berdi.

Agueroga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi — Lionel Messi. U Messi va Diego Maradonani taqqoslash tarafdori emasligini aytgan va har ikkisini ham o‘z davrining eng yaxshilari deb tan olish kerakligini ta’kidlagan.

“Men hech qachon bunday taqqoslashlarni yoqtirmaganman. Biz, argentinaliklar, Diegoni ham, Leonni ham tarixdagi eng yaxshi futbolchilar sifatida qabul qilishimiz kerak”, — degan Aguero.

Shuningdek, u braziliyalik Ronaldo Nazarioni o‘zining faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan futbolchi sifatida tilga olgan:
“Meni eng ko‘p ilhomlantirgan futbolchi – braziliyalik Ronaldo”.

Aguero Ronaldinoning “Joga Bonito” uslubini ham yuqori baholagan. Uningcha, Ronaldino texnika, dribbling va ijodkorlik jihatidan eng iqtidorli futbolchilardan biri bo‘lgan.

Shu tariqa, Aguero tarixdagi eng zo‘r futbolchilar to‘rtligini quyidagicha sanagan:

- Lionel Messi
- Diego Maradona
- Ronaldo Nazario
- Ronaldinho

Krishtianu Ronaldu esa bu ro‘yxatga kiritilmagan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?