
«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 30-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi kechgan bellashuv (1:2) haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa hech qanday holda mag‘lubiyatga loyiq emas edi.
«La Ligani yutish imkoniyatimiz ancha qiyinlashdi. Balki imkoniyatlarimiz pasaygandir, lekin biz oxirigacha kurashishda davom etamiz», — dedi italiyalik mutaxassis.
Anchelottining ta’kidlashicha, jamoa o‘yin davomida ko‘plab imkoniyatlar yaratgan bo‘lsa-da, ulardan unumli foydalana olmagan:
«Vaziyatlar yaratdik, lekin gollarga aylantira olmadik. Shu bilan birga, raqibga ham darvozamiz oldida imkoniyat yaratishga yo‘l qo‘ydik. Hujumda yaxshi o‘ynadik, bitta gol urdik, lekin natija bizning foydamizga bo‘lmadi».
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa kichik tafsilotlar sabab mag‘lub bo‘ldi:
«Bu mag‘lubiyatni o‘zimizga qo‘shib yozish qiyin. G‘alabaga haqli edik. Ammo futbolda bunday kichik xatolar natijani belgilab beradi».
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv taqdiri oxirgi daqiqalarda hal bo‘ldi — «Valensiya» 90+5-daqiqada hal qiluvchi golni kiritib, «Santyago Bernabeu»da g‘alaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!