
La Ligada chempionlik poygasi qizg‘in pallaga kirgan bir paytda, “Barselona” o‘z ishqibozlarini xafsalasi pir qilgan natija bilan quvontira olmadi. Kataloniyaliklar “Betis”ga qarshi safar o‘yinida 1:1 hisobida durang qayd etishdi va bu natija keyinchalik jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
E’tiborlisi, ular aynan shu turda raqibi “Real Madrid”ning sensatsion ravishda “Valensiya”ga yutqazganidan so‘ng maydonga tushishgandi. Bunday vaziyatda g‘alaba “Barselona” uchun oltinga teng bo‘lishi mumkin edi – farqni 6 ochkoga yetkazish imkoniyati bor edi!
Kubarsi: “Durang biz uchun mag‘lubiyatdek”
Jamoaning yosh va iqtidorli himoyachisi Pau Kubarsi ham natijadan ranjiganini yashirmadi:
“Biz "Real"ni kechirdik, ammo "Atletiko"ni ham chetda qoldirib bo‘lmaydi. Agar chempion bo‘lishni istasak, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Bugungi durang biz uchun mag‘lubiyatdek tuyulyapti. "Real" xatoga yo‘l qo‘yganidan keyin biz g‘alaba qozonib, ustunlikni 6 ochkoga yetkazishimiz kerak edi,” – dedi Kubarsi.
Yosh bo‘lishiga qaramay, Kubarsining gaplarida javobgarlik va chempionlikka bo‘lgan chanqoqlik seziladi. Uning fikrlari “Barsa” ixlosmandlari orasida juda katta ijobiy rezonans uyg‘otishi mumkin.
La Ligada vaziyat qanday?
Hozirgi holatga ko‘ra, yuqori uchlikdagi jamoalar orasida ochkolar shunday taqsimlangan:
- "Barselona" – 67 ochko
- "Real Madrid" – 63 ochko
- "Atletiko" – 57 ochko (bitta zaxira o‘yini bor)
Bu raqamlardan kelib chiqib aytganda, har bir turdagi natija oldindagi taqdirni belgilab berishi mumkin. "Real"dagi so‘nggi mag‘lubiyat chempionlik uchun kurashni yanada qizitdi, ammo "Barsa" bu imkoniyatdan foydalana olmadi.
Chempionlikka yo‘l xatolarni kechirmaydi
"Barselona" kabi katta maqsadli jamoalar uchun bunday vaziyatda hatto bitta ochkoni yo‘qotish ham qimmatga tushishi mumkin. Kubarsining so‘zlari – jamoaning ruhiy tayyorgarligi va chempionlikka bo‘lgan qat’iy ishonchi belgisi. Endi "Barsa" oldinga qarab, har bir o‘yinda maksimal natija uchun kurashishi shart.
Muxlislar, sizningcha “Barsa” ushbu mavsumda chempionlikni qo‘lga kirita oladimi? “Real” yana yo‘lda ochko yo‘qotadimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!