
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Real” bu mavsumda “Barselona”ga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmayapti, deb zamin.uz xabar berdi.
Bundan tashqari, Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Arsenal”ga qarshi ilk bahsda madridliklar yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Bu holat bosh murabbiy Karlo Anchelotti kursisini larzaga soldi.
Ichki va xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatsizliklar 65 yoshli italiyalik mutaxassis mavsumdan so‘ng ishdan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirmoqda.
Anchelotti bunga munosabat bildirib шундай деди:
– Kelajagim haqida hozir gapirishning hojati yo‘q. Hammasi shartnomada aniq yozilgan. Mavsum yakunida muhokama qilamiz. “Real” har doim meni qo‘llab-quvvatlagan, ayniqsa qiyin pallalarda, – dedi murabbiy.
Karlo Anchelotti “Real”ni 2021 yildan beri boshqarmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan. U klubga Ispaniya chempionligi ва Чемпионлар Лигаси чемпионлигини олиб келган. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!