
"Real Madrid" ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan "Arsenal" yarim finalga yo‘l oldi, deb euro-football.ru xabar berdi. Ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra londonliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdan so‘ng "Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays jurnalistlar bilan suhbatda ishtirok etdi. Uning aytishicha, bu kecha jamoa uchun tarixiy ahamiyatga ega.
“Bu bizning klubimiz uchun o‘zgacha, tarixiy kecha bo‘ldi. Turnirni yutish maqsadimiz bor edi va bu yo‘lda oldinga yurishda davom etyapmiz. O‘zimizga shunchalik ishonchimiz komil ediki, Madridda g‘alaba qozondik. Bu orzu edi — u ro‘yobga chiqdi”, – dedi Rays TNT Sports’ga bergan intervyusida.
U Realga qarshi ikki o‘yinning har ikkalasida ham eng yaxshi futbolchi deb topilgan. Endi "Arsenal" yarim finalda "PSJ"ga qarshi bahs olib boradi. Fransiya klubi avvalgi kun "Aston Villa"ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar