date
views 5 497

Mbappe final oldidan jarohat oldi

Mbappe final oldidan jarohat oldi
Real Madrid hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yinida “Arsenal”ga qarshi bahsda jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmadi, deb euro-football.ru xabar berdi. U 75-daqiqada gazonga yiqilib, zaxiraga olindi. Uning o‘rniga Brahim Dias maydonga tushdi. O‘sha vaqtda hisob 1:1 edi, umumiy hisob esa “kanonirlar” foydasiga 1:4 bo‘lgan.

Hozircha Mbappening jarohati qanchalik jiddiy ekani noma'lum. Eng xavotirli tomoni – atigi 10 kun ichida “Real” Ispaniya Kubogi finalida “Barselona” bilan o‘ynaydi.

Shuningdek, ushbu finalga qadar “Real” La Liga doirasida yana ikki uchrashuv o‘tkazadi: 20-aprel kuni “Atletik” Bilan va 23-aprel kuni “Xetafe”ga qarshi. Mbappe “Arsenal”ga qarshi ikki o‘yinda ham gol yoki assist qayd eta olmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe final oldidan jarohat oldi