date
views 3 034

Roten: Mbappening o‘yini — fojia

Roten: Mbappening o‘yini — fojia
Fransiya terma jamoasi va PSGning sobiq yarim himoyachisi Jerome Roten Kylian Mbappening “Real” Madriddagi birinchi mavsumi haqida keskin fikr bildirdi, deb RMC Sport so‘zlarini keltiradi LiveSport.ru.

“Gap Kylian Mbappe haqida ketmoqda. U orzu qilgan klubiga keldi, barcha sovrinlar, jumladan, Chempionlar ligasini yutish, va ‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kiritish niyatida edi. Ammo natijalar ham shaxsiy, ham jamoaviy jihatdan fojiali. Bu yil u ‘Oltin to‘p’ni olmaydi.

Mavsum boshida unga moslashish uchun vaqt berdik, sabablar topdik. Lekin sen Mbappe bo‘lsang, vaqting cheklangan. U ko‘p gol urdi, lekin o‘yini — bu fojia.

Mening fikrimcha, u ishga juda yomon munosabatda bo‘lmoqda. Bu uning bayonotlariga to‘g‘ri kelmaydi. Buni hech kim muvaffaqiyat deb aytolmaydi. Men unga omad tilayman, lekin bu mavsum dahshatli o‘tdi”, — dedi Roten.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe o‘tgan yozda PSJdan “Real”ga erkin agent sifatida o‘tgan. 26 yoshli hujumchi madridliklar safida 49 o‘yinda 32 gol va 4 assist qayd etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roten: Mbappening o‘yini — fojia