
Ispaniya chempionatining amaldagi g‘olibi — "Real Madrid" jamoasi ustozi Karlo Anchelottining klubdagi taqdiri yana muhokamalar markazida. Italyan mutaxassisining kelajagi bo‘yicha aniqlik hali ham yo‘q.
“Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin...”
Jurnalistlar Anchelottidan shunday savol berishdi: “U "Real"da faqat La Liga va Kubokda g‘alaba qozonilsagina qoladimi?” Uning javobi shubhali ishoralar bilan to‘lib-toshgan edi:
“Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Oldindan hech narsani bilmaysan,” — dedi Anchelotti.
Bu so‘zlar orqali u ham o‘z kelajagiga nisbatan ishonch bilan gapira olmayotganini ko‘rsatdi.
Yaqinda “qolaman” degandi, lekin...
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Anchelotti “Real” bilan 2026 yil yozigacha tuzilgan shartnomani oxirigacha bajarish niyatida ekanini aytgandi. Ammo so‘nggi bayonotlardan kelib chiqib, bu ishonchni endi uncha sezish qiyin.
Xabi Alonso — asosiy nomzod
Madrid matbuotidagi so‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Real” rahbariyati Anchelottidan keyin jamoa boshqaruviga Xabi Alonsoni olib kelishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda u Bundesligada “Bayer” jamoasini yuqori darajada boshqarib kelmoqda va Yevropa klublari uni kuzatib borishmoqda.
Siz nima deb o‘ylaysiz — Anchelotti “Real”da qolishi kerakmi? Yoki yangi qon — Xabi Alonso kabi yosh murabbiylar kerakmi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar