date
views 628

Vinisius Juniorning faoliyati xavf ostida: FIFA ikki yillik diskvalifikatsiya bilan tahdid qilmoqda!

Vinisius Juniorning faoliyati xavf ostida: FIFA ikki yillik diskvalifikatsiya bilan tahdid qilmoqda!
Madridning “Real” klubi va Braziliya milliy terma jamoasi yulduzi Vinisius Juniorning professional faoliyati Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan jiddiy tekshiruvga olindi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, FIFA 24 yoshli yulduz futbolchini futbol qoidalariga ko‘ra manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirganlikda ayblamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Vinisius Junior bir necha professional futbol klublari egasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va bu holat xalqaro futbol qoidalariga zid bo‘lishi mumkin.

Agar futbolchiga qo‘yilayotgan ayblovlar o‘z tasdig‘ini topsa, u ikki yilgacha futbol maydonlaridan chetlatilishi ehtimoli mavjud.

Joriy mavsumda Vinisius “Real” safida barcha turnirlarda jami 47 ta o‘yin o‘tkazib, bu bellashuvlarda raqib darvozasiga 21 bor gol urdi va jamoadoshlariga yana 15 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ayni vaqtda madridliklar bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnomaga ega bo‘lgan yulduz futbolchi Transfermarkt portalida 200 million yevroga baholanmoqda.

FIFAning ushbu tekshiruvi va uning natijasi nafaqat futbolchi, balki butun futbol olamida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Chunki Vinisiusning diskvalifikatsiya qilinishi "Real" klubining joriy va kelgusi mavsumlardagi rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

FIFA tomonidan olib borilayotgan surishtiruvning yakunlari qanday bo‘lishi hozircha noma’lum. Hozirda futbol muxlislari va ekspertlar bu masaladagi rasmiy qarorni intizorlik bilan kutishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisius Juniorning faoliyati xavf ostida: FIFA ikki yillik diskvalifikatsiya bilan tahdid qilmoqda!