
“La Liga”ning 33-turida “Coliseum Alfonso Pérez” stadionida Getafe va Real Madrid o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda madridliklar 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 21-daqiqada Arda Güler tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alaba orqali Real Madrid chempionlik uchun muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv davomida Real to‘pga 64% egalik qildi, 14 marta zarba berdi va 7 marta darvozani to‘g‘ri nishonga oldi. Getafe esa hujumda faol bo‘lsa-da, imkoniyatlardan foydalana olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar