
«Real Madrid» klubi braziliyalik yulduzi Vinisius Junior tarkibni tark etadigan bo‘lsa, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland transferi uchun harakat boshlaydi. Bu haqda mashhur «The Athletic» nashri xabar tarqatdi.
Manba keltirayotgan ma’lumotga ko‘ra, Xoland «shaharliklar» bilan shartnomasini 2034 yilga qadar uzaytirgan bo‘lsa-da, Vinisius jamoani tark etishga qaror qilsa, madridliklar prezidenti Florentino Peres aynan norvegiyalik hujumchini olib kelishni o‘zining asosiy maqsadi deb belgilab qo‘ygan.
Avvalroq Vinisiusning Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni ko‘rib chiqishga qiziqish bildirgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bundan tashqari, uning vakillari «Real» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga rozilik bermayapti.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, Erling Xoland «Manchester Siti» safiga qo‘shilishidan avval ham «Real»ning diqqat markazida bo‘lgan edi. Florentino Peres esa hali ham uning eng asosiy muxlislaridan biri bo‘lib qolmoqda va uni o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilmoqda.
Hozircha bu transfer bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan bo‘lsa-da, futbol olamida ushbu xabarlar ancha muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Agar voqealar aynan shu tarzda rivojlanadigan bo‘lsa, madridliklar Vinisius o‘rniga dunyo futbolidagi eng yaxshi hujumchilardan birini o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.
Bu holatda jamoa tarkibi nafaqat kuchliroq bo‘lishi mumkin, balki muxlislar ham Xolanddek yulduzning Madrid klubida paydo bo‘lishini sabrsizlik bilan kuta boshlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar