Abduqodir Husanov Bellingemni Mbappe va Vinisiusdan kuchliroq deb aytdi

Sport1 daqiqa o'qish1.4K
Abduqodir Husanov Bellingemni Mbappe va Vinisiusdan kuchliroq deb aytdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot xizmati rahbari hamda mashhur futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev «90minut» podkastida «Manchester Siti» klubi va milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov bilan bog‘liq qiziqarli voqeani aytib o‘tdi.

Podkastdagi suhbat davomida Fayziyev Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Real Madrid»ga qarshi kechgan javob bahsida Abduqodirning qaysi futbolchi bilan o‘zaro kurashish eng qiyin bo‘lgani haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jurnalist o‘zbekistonlik himoyachiga savol bergan: «Madrid klubida Vinisius Junior, Kilian Mbappe hamda Jud Bellingem kabi yulduzlarga qarshi maydonga tushding. Ular orasida eng ko‘p qiyinchilik tug‘dirgan futbolchi kim bo‘ldi?».

Husanov o‘yin paytida bir necha bor yuzma-yuz kelganiga qaramasdan, na Mbappeni va na Vinisiusni tilga oldi. Uning javobi Fayziyevni biroz hayratga soldi:

«Haqiqatan, uchalasi ham kuchli futbolchilar, ammo ular ichida eng qiyini Jud Bellingemga qarshi o‘ynash bo‘ldi. Chunki Bellingem jismoniy tomondan juda baquvvat, u bilan kurashish va uni to‘xtatish juda katta kuch talab qildi», – deb javob bergan Abduqodir.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov qishki transfer oynasida Fransiyaning «Lans» klubidan Angliya chempioni «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan edi. O‘zbekistonlik futbolchi «shaharliklar» tarkibida hozirgacha barcha turnirlar doirasida 9 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobini bitta gol bilan boyitishga erishgan. Husanov o‘zining kuchli o‘yinlari bilan tezda «Siti» muxlislari e’tiboriga tushdi va murabbiylar ishonchini qozondi.

Futbolchi yaqin yillarda o‘z pozitsiyasida jahon darajasidagi yulduzlardan biriga aylanishi taxmin qilinmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?