date
views 212

Fabritsio Romano Anchelotti «Real»ni tark etib, qayerga yo‘l olishini aytdi

Fabritsio Romano Anchelotti «Real»ni tark etib, qayerga yo‘l olishini aytdi
Jahon futbolida transferlar va murabbiylarning faoliyati haqidagi yangiliklari bilan mashhur bo‘lgan Fabritsio Romano «Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kelajagi haqidagi muhim ma’lumotni e’lon qildi.

Uning yozishicha, italiyalik tajribali mutaxassis shu yilning yozida Madridning «Real» klubini tark etadi va Braziliya terma jamoasini qabul qilib oladi. Shu tariqa, Anchelotti «qirollik klubi»ni dekabr oyida o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga boshlamaydi.

Ma’lum qilinishicha, Anchelottining Braziliya termasiga kelishi iyun oyining boshida amalga oshadi. U kelasi jahon chempionati – 2026 yilda AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan mundialga jamoani tayyorlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.

Avvalroq ayrim manbalar «Real Madrid»ni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga Santyago Solari yoki jamoaning yana bir afsonasi Raul Gonsales boshqarib borishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Anchelottining Madrid klubidan ketishi va uning Braziliyaga yo‘l olishi haqidagi yangilik futbol olamida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Italyan mutaxassisi Braziliya termasiga yangi uslub va muvaffaqiyat keltirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fabritsio Romano Anchelotti «Real»ni tark etib, qayerga yo‘l olishini aytdi