date
views 456

Yevropa ligasi. "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

Yevropa ligasi. "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ishonchli g‘alabaga erishdi (video)
Yevropa Ligasida yarimfinalning dastlabki o‘yinlarida yirik hisoblar qayd etildi.

Bilbaodagi markaziy bahsning 35-daqiqasida mezbonlar vakili Vivian Xoylundga nisbatan ishlatgan foli uchun qizil kartochka oldi. "Qizil iblislar" ushbu bahsda «Atletik»ka javobsiz 3 ta gol urib, yirik g‘alabani tantana qilishdi. Shu tariqa "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da o‘tadigan bahsdan avval katta ustunlikka ega bo‘ldi.

Yevropa Ligasi. Yarimfinal
Birinchi o‘yinlar. 1 may


Atletik — Manchester Yunayted 0:3
Gollar
: Kazemiro (30), Fernandesh (37 penalti, 45).
Atletik — Agirresabala, De Markos (Gorosabel, 42), Vivian, Alvares, Berchich, Xauregisar, de Galarreta (Prados, 46), Berenger (Paredes, 42), N.Uilyams (Gomes, 79), I.Uilyams (Jalo, 87), Sannadi.
Manchester Yunayted — Onana, Yoro, Maguayr (de Ligt, 65), Lindelyof, Mazraui (Shou, 74), Ugarte (Maunt, 65), Kazemiro, Dorgu (Diallo, 84), Fernandesh, Garnacho (Maynu, 84), Hoylund.
Ogohlantirishlar: Berchich (36), Alvares (61), Maunt (77), Garnacho (84), Yoro (90+4).
Chetlatish: Vivian (35).

"Tottenxem" ham raqib darvozasini uch bora ishg‘ol qildi, ammo norvegiyaliklar bir bora javob qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Tottenhem — Bude-Glimt 3:1
Gollar
: Jonson (1), Meddison (34), Solanke (61, penalti) — Saltnes (83).
Tottenhem — Vikario, Porro, van de Ven, Romero, Udoji, Bentankur, Bissuma, Jonson, Meddison (Kulusevski, 65), Risharlison (Tel, 46), Solanke (Odober, 75).
Bude-Glimt — Xaykin, Sovold, Gundersen, Niyelsen (Myo, 46), Berkan, Fet (Ker, 77), Hauge, Saltnes, Maatta (Oklend, 65), Blomberg (Syorli, 77), Hog.
Ogohlantirishlar: Byorkan (57), Romero (73), Hauge (76).

Shu tariqa ingliz klublari final sari katta qadam tashlashdi. Javob bellashuvlari 8 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa ligasi. "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ishonchli g‘alabaga erishdi (video)