date
views 98

«Manchester Siti» autsayder «Sauthempton»ni mag‘lubiyatga uchrata olmadi

«Manchester Siti» autsayder «Sauthempton»ni mag‘lubiyatga uchrata olmadi
10 may kunidan Angliya Premer-ligasi 36-turiga start berildi. Ushbu tur doirasida Pep Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti» «Sauthempton» mehmoni bo‘ldi va nursiz durang qayd etdi.

Ushbu o‘yinda «shaharliklar» safida jarohatidan forig‘ bo‘lgan norvegiyalik hujumchi Erling Xoland asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ammo jamoasiga g‘alaba keltira olmadi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ketma-ket ikkinchi o‘yinda «Manchester Siti» qaydnomasiga kiritilmadi.

Shu tariqa, «Siti» ushbu durangdan keyin ochkolar sonini 65 taga yetkazib oldi va onlayn turnir jadvalida 3 o‘rinni band etmoqda. «Sauthempton» esa 12 ochko bilan so‘nggi 20-o‘rinda qoldi.

«Sauthempton» – «Manchetser Siti» 0:0

«Sauthempton»: Ramsdeyl, Bellings, Bednarek, Bri, Dauns, Ugochukvu, Santos, Dibling, Fernandesh, Sulemana.

«Manchetser Siti»: Ederson, Lyuis, Diash, Akanji, Gvardiol, Silva, Kovachich, Foden, De Bryuyne, Makati, Xoland.

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar: Menning, Aribo, Styuart, Uill, Archer – Marmush, Doku, O'rayli, Savinio.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» autsayder «Sauthempton»ni mag‘lubiyatga uchrata olmadi