
La Liganing 36-turida “Real Madrid” o‘z maydonida "Malorka"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mehmonlar 11-daqiqada Martin Valent goli bilan hisobni ochishdi.
Biroq “Real Madrid” ikkinchi bo‘limda hisobni avval Kilian Mbappe (68') goli bilan tenglashtirdi, keyin esa uchrashuvning 90+5 daqiqasida Xakóbo Ramon g‘alaba golini kiritdi.
Uy jamoasi to‘pga 72% egalik qildi, 39 marta zarba berdi, shulardan 13 tasi aniq bo‘ldi. “Malorka” bor-yo‘g‘i 4 ta zarba bilan cheklandi.
Himoyada yaxshi harakat qilgan “Malorka” so‘nggi daqiqalargacha ochko saqlab keldi, ammo oxir-oqibat yutqazdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar