
La Liganing rahbari Xaver Tebas Xabi Alonsoning "Real Madrid" bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi haqida o‘z munosabatini bildirdi. Uning fikricha, ushbu qaror nafaqat madridliklar, balki Ispaniya futboli uchun ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
— “Real” o‘z tarixidagi eng to‘g‘ri qarorlardan birini qabul qilmoqda. Xabi Alonso o‘zining sevimli klubiga, ispan futbolining markaziga qaytmoqda. Uning qaytishi — chempionatimiz uchun katta yutuq, — dedi Tebas.
“Yevropaning eng zo‘r murabbiylaridan biri”
Tebas Xabi Alonsoni hozirgi vaqtda Yevropadagi eng kuchli murabbiylardan biri sifatida e’tirof etdi. Uning ta’kidlashicha, “Bayer” bilan Germaniyada “Bavariya” kabi super klub bilan chempionlik uchun kurashib, hatto ularni ortda qoldirish — katta yutuq.
— “Bayer” bilan Germaniyadagi xukmron “Bavariya”ni ortda qoldirish oson ish emas. Xabi Alonso bu orqali o‘zining murabbiylik darajasini namoyon etdi. Men har doim chempionatimizga shunday yuqori saviyadagi shaxslar kelishidan mamnun bo‘laman, — dedi Tebas.
Anchelottidan so‘ng yangi davr?
Ma’lumot uchun, hozirgi paytda “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan Karlo Anchelotti mavsum yakunlangach, Braziliya terma jamoasini qabul qilib olishi kutilmoqda. Bu haqda bir necha rasmiy manbalar allaqachon xabar bergan.
Aynan shunda madridliklar klubni sobiq futbolchisi Xabi Alonsoga topshirishni rejalashtirmoqda. Uning futbolchi sifatidagi tajribasi, “Real”dagi karyerasi va “Bayer”dagi muvaffaqiyatli murabbiylik faoliyati klub muxlislarida katta umid uyg‘otmoqda.
Zamin.uz tahririyati Xabi Alonsoning tayinlovi rasman e’lon qilinishi bilan bog‘liq barcha yangiliklarni yoritishda davom etadi. Siz “qaymoqranglilar”da uni qanday tasavvur qilasiz? Yangi davr boshlanmoqdami?
Xabi AlonsoReal MadridIspaniya FutboliKarlo AnchelottiYevropa MurabbiylariChempionat Yutug‘i O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar