date
views 722

Xabi Alonso: Ronaldu “Real”ga qisqa muddatga qaytishi mumkin

Xabi Alonso: Ronaldu “Real”ga qisqa muddatga qaytishi mumkin
“Real Madrid”da yangi bosh murabbiy sifatida faoliyat boshlashi kutilgan Xabi Alonso klub tarixida chuqur iz qoldirgan Krishtianu Ronalduning qisqa muddatga jamoaga qaytishiga qarshi emas. Ispaniyaning El Gol Digital nashriga ko‘ra, Alonso ushbu imkoniyatni ijobiy baholamoqda.

Gap shundaki, FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilgan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalarga qisqa muddatli transfer amaliyoti orqali yangi futbolchilarni qo‘shish imkoniyati berilgan. Xususan, turli klublar shu turnir uchun Ronalduni o‘z tarkibiga qo‘shib olish istagini bildirishgan.

Xabi Alonso esa ushbu imkoniyatni aynan “Real” uchun qulay deb hisoblamoqda. Uning fikricha, Ronaldu kabi futbolchi, hatto 40 yoshida ham, jamoaga muhim bahslarda katta tajriba va motivatsiya olib kelishi mumkin. Murabbiy “qaymoqranglilar” tarixidagi eng yaxshi to‘purarning kam tarkibdagi turnirda jamoaga bir oy davomida yordam berishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning hozirgi jamoasi — Saudiyaning “An-Nasr” klubi bilan tuzilgan shartnomasi 30 iyunda tugaydi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan bo‘lsa-da, hozircha biror aniq kelishuvga erishilmagan.

E’tiborlisi, FIFAning rasmiy ruxsati tufayli ushbu turnirdagi jamoalar vaqtinchalik shartnoma asosida sobiq yulduzlarni o‘z tarkibiga jalb qilish imkoniga ega. Ronalduning “Real”ga qisqa muddatli qaytishi esa klub muxlislari uchun haqiqiy syurprizga aylanishi mumkin.

Zamin.uz tahririyati “Real Madrid” atrofidagi barcha muhim o‘zgarishlar va transfer imkoniyatlarini yoritishda davom etadi. Siz Ronalduning qaytishi haqida qanday fikrdasiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso: Ronaldu “Real”ga qisqa muddatga qaytishi mumkin