date
views 4 755

Kylian Mbappe: “Men chinakam buyuklikni ko‘rdim”

Kylian Mbappe: “Men chinakam buyuklikni ko‘rdim”
22-may kuni Kylian Mbappe “Real Madrid”ning afsonaviy yarim himoyachisi Luka Modrich bilan vidolashdi, deb xabar berdi Euro-football.ru.

39 yoshli xorvat futbolchisining klub bilan shartnomasi yakuniga yetmoqda va u yangi mavsumdan boshlab jamoani tark etadi. Modrich 2012-yildan beri “Real Madrid” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U rasmiy ravishda klub bilan xayrlashuvini 24-may kuni “Real Sosyedad”ga qarshi La Liga o‘yinida o‘tkazadi.

Mbappe ijtimoiy tarmoqda quyidagicha yozdi:
“Aka, bu mavsumda sen bilan birga o‘ynash va bir xil kiyim almashtirish xonasini bo‘lishish men uchun omad bo‘ldi. Men o‘z ko‘zim bilan chinakam buyuklik nima ekanini ko‘rdim. Sen tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan birisan, lekin undan muhimrog‘i – sen ajoyib insonsan. Yana ham muhimrog‘i – sen butun dunyo hurmat qilgan va qoyil qolgan shaxssan. Rahmat senga, afsona.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kylian Mbappe: “Men chinakam buyuklikni ko‘rdim”