
"Real Madrid" klubining yangi yulduzi Kilian Mbappe Ispaniyadagi ilk mavsumining natijalari haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa va yangi muhitga moslashish jarayoni unga shaxsiy va professional jihatdan katta tajriba olib kelgan.
— Bu mening Ispaniyadagi debyut mavsumi edi. Yangi mamlakat, yangi til va yangi madaniyatga moslashish oson bo‘lmadi. Ammo “Real”da bo‘lish — bu o‘ziga xos sharaf va ulug‘ mas’uliyat. Endi o‘zimni nafaqat jamoa, balki Madrid shahri va Ispaniyada ham o‘z joyimni topgandek his qilyapman. Buni maydondagi harakatlarim orqali ham ko‘rish mumkin, — dedi Mbappe, Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Fransiyalik hujumchi La Ligadagi debyut mavsumini juda yuqori darajada o‘tkazdi. U “Real” safida barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 34 ta uchrashuvda qatnashib, 31 ta gol urdi va 3 ta assist bilan jamoasiga hissa qo‘shdi. Uning tezligi, harakatchanligi va pozitsiya tanlash mahorati uni “Santyago Bernabeu”dagi muxlislarning yoqtirgan futbolchisiga aylantirdi.
Mbappe hozirda “Real Madrid” bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma asosida o‘ynamoqda. Jamoa uni klubning asosiy figuralaridan biri sifatida ko‘rmoqda va unga katta umidlar bag‘ishlanmoqda.
Ushbu mavsumdagi muvaffaqiyatli harakatlari tufayli Kilian Mbappening ismi “Oltin to‘p” uchun asosiy nomzodlar qatorida ham tilga olinmoqda. Yangi muhitdagi ilk yilni shunchalik samarali o‘tkazish — bu futbolchi sifatidagi yuksak darajani yana bir bor isbotlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar