
PSJning Chempionlar Ligasidagi g‘alabasi nafaqat muxlislarni, balki butun dunyoning mashhur yulduzlarini ham o‘ziga jalb qildi. Finaldan keyingi tantanali kechada ko‘pchilik diqqatini tortgan voqea bo‘lib o‘tdi. Afsonaviy UFC jangchisi Habib Nurmagomedov maydonga tushib, PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike bilan iliq uchrashuv o‘tkazdi.
Habib tabassum bilan Enrikega yaqinlashdi va unga bir voqeani eslatdi. "Esladim, esladim!" deya zavq bilan javob bergan Enrike bir necha soniyadan keyin katta kulgu bilan "Hala Madrid!" deb hayqirdi. Bu so‘zlar Habib va Enrikeni bir lahzada kulguga to‘ldirdi. Enrike ushbu gap bilan "Real Madrid" klubiga bo‘lgan mehrini eslatgandi. Bilasizki, u o‘z vaqtida Ispaniyaning "Barselona" klubida ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Habib ushbu hazildan keyin PSJ murabbiyini jamoaning ajoyib o‘yini va muhim g‘alabasi bilan samimiy qutladi. Ular orasidagi ushbu do‘stona va iliq muloqot ko‘pchilikni o‘ziga jalb qildi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ushbu voqea yana bir bor sportning odamlarni birlashtiruvchi kuch ekanligini ko‘rsatib berdi. Mashhur shaxslarning maydondagi samimiy muloqoti, nafaqat sport, balki insoniylikning go‘zal namunasi bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar