date
views 5 489

Luka Modrich "Milan"da: bolalik orzusi ro‘yobga chiqmoqda

Luka Modrich "Milan"da: bolalik orzusi ro‘yobga chiqmoqda
Luka Modrich faoliyatini Italiyaning mashhur klubi "Milan"da davom ettirishi mumkin, deb La Repubblica nashri xabar berdi.

Nashr manbasiga ko‘ra, "Real Madrid" va Xorvatiya terma jamoasi yetakchi yarim himoyachisi transferga rozilik bildirgan va "rossoneri" bilan 2026 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Muzokaralar oxirgi bosqichga yetib kelgan.

Ayni paytda, Modrichning bolaligidan beri "Milan" muxlisi ekani ta’kidlanmoqda. Bu omil uning qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir qilgan.

Uning "Real Madrid" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng yakunlanadi. Shu bois, 39 yoshli futbolchi erkin agent sifatida "Milan"ga bepul o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Modrich 2012 yildan buyon madridliklar safida to‘p surmoqda. Bu vaqt mobaynida u:
• 28 ta sovrin,
• 6 ta Chempionlar Ligasi g‘olibligi,
• 590 ta o‘yin,
• 43 ta gol,
• 95 ta golli uzatmaga erishgan. U "Real Madrid" tarixidagi eng muvaffaqiyatli futbolchilardan biri sifatida qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luka Modrich "Milan"da: bolalik orzusi ro‘yobga chiqmoqda