
So‘nggi haftalarda "Real Madrid"ning yorqin yulduzi Vinisius Junior atrofidagi transfer mish-mishlari tingan edi. Biroq Saudiya Arabistonining eng nufuzli jamoalaridan biri — "Al-Hilol" klubi bosh direktori Stiv Kalsada jurnalistlar savoliga aniq va ochiq javob berdi.
— Vinisiusmi? Saudiya ligasi istalgan futbolchini olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Biz istalgan narsaga tayyormiz, chunki bunga zarur vositalarimiz bor. Biz xohlagan futbolchini ishontira olamiz — gap faqat pulda emas, — deya ta’kidladi Kalsada "The Touchline" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vinisius Juniorning transfer narxi Transfermarkt tomonidan 170 million yevroga baholanmoqda. Shu bilan birga, uning "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi va madridliklar hozircha futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas.
Saudiya ligasidagi katta moliyaviy imkoniyatlar so‘nggi yillarda bir qator yulduz futbolchilarni o‘ziga jalb qilayotgani sir emas. Hatto eng kuchli Yevropa klublari ham bu klublar bilan transferlar masalasida raqobatlashishda qiynalmoqda. Vinisius Junior ham kelajakda Saudiya ligasiga yo‘l olish ehtimolini rad etmaydigan yulduzlar qatoriga kirishi mumkin.
Ta’kidlash joiz, madridliklar safidagi Vinisius Junior hozirda dunyoning eng qimmat futbolchilaridan biri hisoblanadi. 23 yoshli braziliyalik "Real Madrid"ning asosiy hujum kuchlaridan biri bo‘lib, so‘nggi mavsumlarda jamoa muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynadi.
Katta transferlar vaqtidagi mish-mishlar futbol muxlislari uchun har doim qiziq. Vinisiusning Saudiyaga yo‘l olishi yoki "Real"da qolishi masalasi esa yaqin oylarda yana bir necha bor muhokama markazida bo‘lishi aniq. Muxlislar esa braziliyalik yulduzning qanday qaror qabul qilishini intiqlik bilan kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar