date

Modrich: "Prezident yig‘ladi, men hech qachon yig‘laganini ko‘rmaganman"

Modrich: "Prezident yig‘ladi, men hech qachon yig‘laganini ko‘rmaganman"
Luka Modrich futboldagi buyuk safarini yakunlar ekan, "Real Madrid" bilan xayrlashuv onlarida ko‘zi yoshga to‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres uni kuzatar ekan yig‘lab yuborgan. Bu voqea faqat sport emas, insonlar o‘rtasidagi samimiy aloqalar ham qanchalik qimmatli ekanini yaqqol namoyon qildi.

“Prezident men uchun oddiy rahbar emasdi. U menga birinchi kundanoq ishonch bildirdi, muhabbat ko‘rsatdi. Buni butun faoliyatim davomida his qilib keldim. U menga hamisha boshqalardan farqli munosabatda bo‘ldi. Shuning uchun ketish arafasida uni yig‘layotganini ko‘rish men uchun qattiq ta’sirli bo‘ldi. Men prezidentni hech qachon bunday holatda ko‘rmaganman”, – deya xotiralari bilan o‘rtoqlashdi 39 yoshli maestro.

Florentino Peres va Luka Modrich o‘rtasidagi munosabatlar yillar davomida samimiyat va o‘zaro hurmat asosida qurilgan edi. Modrichning “Real”dagi yo‘li — bu shon-sharaf, iste’dod va sadoqat tarixidir. U klub safida bir necha bor Yevropa chempioni bo‘lib, dunyo futbolida o‘chmas iz qoldirdi.

Ayni paytda, ishonchli manbalarga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi erkin agent sifatida “Real Madrid”ni tark etib, Italiyaning “Milan” klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Bu qaror bilan u Yevropaning boshqa bir grand jamoasida faoliyatini davom ettirmoqchi.

Modrichning ketishi nafaqat “Real”ning, balki butun futbol olamining bir davrini yakunlamoqda. Muxlislar uning aqlli o‘yinlarini, aniq uzatmalari va mushohadaga asoslangan harakatlarini hali ko‘p yillar tilak bilan eslashadi.

U ketmoqda, lekin qoldirgan izlari "Real Madrid" klubi tarixida doim yodda qoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Modrich: "Prezident yig‘ladi, men hech qachon yig‘laganini ko‘rmaganman"