“Real Madrid”dagi eng muhim raqamlardan biri bo‘lgan 10-raqam o‘z egasini almashtirdi. Uzoq yillar davomida bu raqamni ko‘targan Luka Modrich, Madridni tark etdi. Bu esa 10-raqamni yangi sohibiga olib keldi.
Shundan so‘ng, ushbu ramziy raqam Kilian Mbappega topshirildi. Fransiyalik to‘purar debyut mavsumini 9-raqamda o‘tkazgan edi, ammo keyingi mavsum oldidan u 10-raqamni kutgan. Transfer News Live va Marca kabi nufuzli manbalarning ma’lum qilishicha, Modrichdan bo‘shagan 10-raqamga turkiyalik yosh futbolchi Arda Gyuler da’vogar bo‘lgan. Biroq klub rahbarlari, jamoaning kelajakdagi yetakchisi bo‘lib borayotgan Mbappega bu raqamni topshirishni maqul ko‘rgan.
Mbappe orqali yangi imkoniyatlar: “Qirollik klubi”ning bu qarori, futbolkalar sotuvidan qo‘shimcha daromad olishni ko‘zlagani haqidagi gaplar ham bor. Mbappe 10-raqam bilan maydonga tushish orqali, nafaqat jamoaning hozirgi yetakchisi, balki marketingda ham yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu qaror “Real Madrid”ga va Mbappega yanada katta global tan olish va mablag‘ ishlab olish imkoniyatini yaratadi.
Mbappe olgan 10-raqamga "Real"ning boshqa futbolchisi da’vogar bo‘lgan...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar