date

Vinisius va “Real” o‘rtasidagi munosabatdar qanday davom etmoqda?

Vinisius va “Real” o‘rtasidagi munosabatdar qanday davom etmoqda?

Yevropa futbolida katta qiziqish uyg‘otayotgan Vinisius Junior atrofidagi yangiliklar muxlislar e’tibor markazida. Ispaniya matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik mahoratli hujumchi yangi mavsum boshiga qadar o‘zining eng yaxshi sport formasiga qaytishni maqsad qilgan va aynan shu maqsad yo‘lida qat’iy ish olib bormoqda.

So‘nggi haftalarda “Real” bilan Vinisius o‘rtasidagi munosabatlar murakkablashgani haqidagi gap-so‘zlar OAVda keng tarqalgan bo‘lsa-da, uning yaqinlari bu xabarlarni to‘liq asossiz, deb hisoblashmoqda. Manba ta’kidicha, “qirollik klubi” ichida vaziyat barqaror va xotirjam. Braziliyalik futbolchi bilan bog‘liq barcha muhim masalalar 2025 yilning mart—aprel oylarida hal etilgan.

Ayni paytda Vinisius Juniorning Madrid klubi bilan amal qilayotgan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar kuchda bo‘ladi. Shu bilan birga, uni yanada uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozircha to‘xtab qolgani ma’lum qilingan.

Futbolchi yaqinlashib kelayotgan mavsumda yuqori sport formasiga qaytish, jamoaga yanada katta hissa qo‘shish va muxlislarni yangi gollar bilan xursand qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Vinisius Juniorning professional yondashuvi va maydondagi jiddiy mehnatga tayyorligi murabbiylar va jamoadoshlari tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Madrid klubi va Vinisius o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi, hujumchining o‘ziga ishonchi va yangi zafarlarga bo‘lgan intilishi muxlislar uchun yangi mavsumda qator qiziqarli voqealar va yuksak natijalarni va’da qilmoqda. Yevropa futbolida katta kurashlar oldimizda!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisius va “Real” o‘rtasidagi munosabatdar qanday davom etmoqda?