Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" La Liganing ilk turida "Osasuna" bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Birinchi bo‘limda "qirollik klubi" bir necha xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, gol ura olmadi. Biroq, ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Kilian Mbappe 11 metrlik jarima zarbasida unumli foydalangan holda, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol esa o‘yin taqdirini hal qildi.
"Real" - "Osasuna" 1:0
19 avgust. Madrid. "Santyago Bernabeu"
Gol: Mbappe 51 (penalti)
"Real": Kurtua - Trent (Karvaxal 68), Militao, Xeysen, Karreras - Gyuler (Sebalos 90), Chuameni, Valverde - Braim (Mastantuono 68), Vinisius (Gonsalo 78), Mbappe
"Osasuna": Errera - Boyomo, Katena, Krus (Garsiya 85) - Rose, Torro, Monkayola, Bretones - Garsiya (Munos 66), Oros (Gomes 77), Budimir
Ogohlantirish: Mbappe 90
Chetlatish: Bretones 90+4
Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" navbatdagi uchrashuvini 24 avgust kuni "Ovedo"ga qarshi o‘tkazadi.
La Liga. "Real" mavsum boshini "Osasuna" ustidan g‘alaba bilan boshladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar