Ispaniyaning futbol giganti "Real Madrid" va jamoaning asosiy yulduzi, Braziliya terma jamoasi vakili Vinisius Junior o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar bir necha hafta avval to‘xtagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Futbolchining vakillari klub tomonidan taklif qilingan miqdor yetarli emas, deb hisoblamoqda. Ular Vinisiusning oylik maoshini kam bo‘lsa-da 20 million yevroga oshirilishini va shartnomaning umumiy yillik summasi 30 million yevroni tashkil etishini talab qilmoqda. Shu bilan birga, "qirollik klubi" braziliyalik yulduz uchun 20 milliondan ortiq mablag‘ to‘lashga hali rozi emas.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Junior o‘tgan mavsumda juda ham sermahsul o‘yin namoyish etdi. U jamoasi uchun umumiy 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu natijalar Vinisiusning jamoada muhimligini va maydondagi samaradorligini yanada oshirdi.
Hozircha muzokaralar vaqtincha to‘xtalib tursa-da, muxlislar va ekspertlar keyingi haftalarda klub va yulduz o‘rtasidagi yangi kelishuvning e’lon qilinishi mumkinligini kutmoqda. Vinisiusning maydondagi barqarorligi va jamoa uchun qiymatliligi uning yangi shartnoma bo‘yicha talablarini kuchaytirmoqda va bu masala klub rahbariyati uchun muhim strategik qarorga aylanmoqda.
“Real” va Vinisius: yangi shartnoma muzokarasida to‘siqlar paydo bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar