Madridning mashhur klubi «Real» yaqin yillarda o‘zining asosiy yulduzlaridan biri bo‘lgan braziliyalik vinger Vinisius Junior bilan bog‘liq muhim qaror qabul qilish ostonasida turibdi. Ispaniya matbuoti yozishicha, «qaymoqranglilar» 2026 yilda futbolchini sotishga tayyor ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Muzokaralarda to‘xtash
Dastlabki rejaga ko‘ra, madridliklar Vinisius bilan shartnomani uzaytirish niyatida bo‘lishgan. Biroq bu yo‘nalishdagi muzokaralar haligacha jiddiy natija bermayapti. Hozirgi paytda futbolchining «Real» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Shu bois klub uni tekinga qo‘yib yuborishni mutlaqo istamaydi.
Narxi va statistika
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» rahbariyati vingerni kamida 150 million yevroga sotishga tayyor. Vinisius «qaymoqranglilar» safida hozirgacha 323 ta uchrashuvda maydonga tushib, 106 ta gol urgan va 83 ta assist qayd etgan.
Muxlislar orasida qizg‘in muhokama
Bu yangilik futbol olamida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Vinisius madridliklar uchun so‘nggi yillardagi eng asosiy figuralardan biri hisoblanadi. Shuning uchun uning ketishi «Real» uchun yangi davrning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Muttaxassislar fikricha, agar futbolchi sotilsa, u transfer bozoridagi eng qimmatboh yo‘nalishlardan biriga aylanishi aniq. Shu bilan birga, madridliklar orasida uning qolishini istaydigan muxlislar soni ham juda ko‘p.
Shu tariqa, «Real»ning Vinisius bilan bog‘liq qarori klub kelajagiga katta ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
«Real» 2026 yilda Vinisiusni sotishga rozi bo‘lishi mumkin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar